Yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan tibbiy amaliyotlarni bajargan shifokorlarga ustama toʻlanadi
Illyustrativ foto
Prezidentning tegishli qaroriga asosan, 2025-yil 1-iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus koʻnikmalarni talab qiladigan davolash choralarini koʻrgan hamda yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan amaliyotlarni samarali bajargan shifokorlarga ustamalar toʻlanadi.
Ustama pullari shifokorlarning oylik maoshlariga qoʻshimcha 25 foizdan 100 foizgacha berilishi mumkin.
Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, oʻrindiqlar bilan taʼminlanadi, aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi hamda “Ona va bola” xonalari tashkil qilinib, xonalar va yoʻlaklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari, 2025-yil 15-iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring