Yunusobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

21:46 17 Dekabr 2025 Jamiyat
448 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Saidaliyev Abrorxoʻja Rustamxoʻja oʻgʻli Yunusobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Abrorxoʻja Saidaliyev 1994-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2017-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti, 2021-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti oliy.

Saidaliyev 2018-2022-yillarda poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida ishlagan. U 2022-yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ismatov Davron Raximdjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?