UNICEF Qashqadaryodagi shifoxonaga 100 ming AQSH dollarilik tibbiy uskunalar topshirdi

17:26 07 May 2024 Jamiyat
708 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jahongir BOYMURODOV/«Xalq soʻzi». Qashqadaryo viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga UNICEF tomonidan qiymati 100 ming AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi eng zamonaviy tibbiy uskunalar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari, UNICEFning yurtimizdagi vakolatxonasi vakillari hamda viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi ishtirok etishdi.

— Ushbu tibbiy jihozlarning 5 tasi Germaniyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy narkoz uskunalari boʻlib, ogʻir bemorlarda tezkor jarrohlik amaliyotlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega, — deydi markaz bosh shifokori Toʻlqin Rasulov. — Shuningdek, yana 5 tasi Vyetnamda ishlab chiqarilgan zamonaviy SIPAP apparati hisoblanadi. Ushbu apparatlar bemor bolalarga sunʼiy nafas berishda qoʻllaniladi.

Shu kuni markazda uchta yangi gemodializ apparati, shuningdek, bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi barpo etilgan «Qabulxona» majmuasi ham foydalanishga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?