YUNESKO shtab-kvartirasida Oʻzbekiston musiqa va raqs sanʼati taqdimoti boʻlib oʻtdi
 
                YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tashkil etilganining 30-yilligiga bagʻishlangan “Biz birgamiz” konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda TURKSOY rahbariyati va unga aʼzo davlatlar, shuningdek, YUNESKO mutasaddilari va xodimlari, xorijiy davlatlar elchilari, Fransiya ishbilarmon va ilmiy doira vakillari, madaniyat arboblari, shuningdek, faol vatandoshlar qatnashdi.
Madaniy anjumanning faxriy mehmonlari sifatida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, YUNESKO Bosh konferensiyasi raisi Simona-Mirela Mikulesku, YUNESKO bosh direktorining tashqi aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Antonio Oxemeng-Boama, TURKSOY bosh kotibining oʻrinbosari Sayit Yusuf va boshqalar ishtirok etishdi.
Konsert dasturi avvalida YUNESKO kotibiyati va TURKSOY vakillari soʻzga chiqib, ishtirokchilarni qutlashdi. Ular, shuningdek, Oʻzbekistonning turkiy dunyoda, jumladan, TURKSOY faoliyatidagi oʻrni va ahamiyatini yuqori baholashdi.
Gala-konsertda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi jamoasi, “Navroʻz” ashula va raqs ansambli, “Bek” doirachilar guruhi va boshqalar oʻzlarining madaniy dasturlarini taqdim etishdi.
Mehmonlar Oʻzbekiston sanʼat ustalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qoʻshiqlarni olqishlar bilan kutib olishdi hamda yuqori baholashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring