Yozuvchi Zoir Tursunov 58 yoshida olamdan oʻtdi
Hajviy hikoyalari bilan kitobxonlar mehrini qozongan Zoir Tursunov 58 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Zoir Tursunov 1963-yil 28-noyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
U Zoir Ziyo taxallusida ijod qilgan. “Gulxan”, “Mushtum” jurnallarida, “Toshkent oqshomi”, “Xalq soʻzi”, gazetalari hamda “Mehnat” nashriyotida faoliyat olib borgan va barakali ijod qilgan. Yozuvchining “Shirin hayot bandalari” (1996) nomli hikoyalar toʻplami, “Ortiqcha barmoq” (2007) hikoya va hajviyalar toʻplami, “Toʻpponcha” (2010) nomli hajviy asarlar va hikoyalar toʻplami chop etilgan.
“Xalq soʻzi” marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring