Yozda Yevropada turizm sektori koronavirusdan oldingi darajaga qaytishi kutilmoqda

22:23 09 Mart 2022 Dunyo
977 0

Illyustrativ foto

Yevropaning eng yirik turoperatorlaridan biri — TUI yoz fasli turizm uchun juda samarali boʻlishini vaʼda qilmoqda. 

Kompaniya prognozlariga koʻra, bu yil sayyohlik sektori aylanmasi koronavirusdan oldingi darajaga qaytishi yoki unga yaqinlashishi mumkin. Shu bois uning tarkibiga kiruvchi aviakompaniyalar guruhi 2019-yilning yozida barcha yoʻnalishlarga parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

Dam oluvchilar pandemiya sababli avval bekor qilgan yoki qoldirgan qimmat uzoq muddatli turlarga borgan sari koʻproq buyurtma berishmoqda. Buyuk Britaniyada vaksina olgan sayohatchilar uchun barcha cheklovlar olib tashlanganini ham ana shunday ijobiy natijalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur davlat TUI uchun ikkinchi eng muhim bozor hisoblanadi.

Qayd etish joizki, TUIʻning qish mavsumi uchun prognozlari unchalik oʻzini oqlamadi: dekabr oyida kompaniya ish yukining 60-80 foizini koronavirusdan oldingi darajasini kutgan edi, ammo hozircha amalda bu koʻrsatkich atigi 58 foizi chiqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер