“You Tube” ovozli “kommentariya”lar funksiyasini sinovdan oʻtkazmoqda
Bu haqida rasman eʼlon qilinmagan va hozircha funksiya faqat cheklangan foydalanuvchilar uchun mavjud.
“You Tube”da ovozli izohlar “ThioJoe” nomli bloger videosi ostida paydo boʻldi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
Veb-versiyada faqat transkripsiya koʻrsatiladi, ovozli izohlarni faqat mobil ilovada tinglash mumkin. Audioyozuvni tezlashtirish, sekinlashtirish yoki takrorlash mumkin emas
Hozirda qancha blogerga funksiyadan foydalanish imkoniyati berilgani, obunachilar ovozli javob qoldirishlari mumkinmi yoki faqat mualliflar uchun imkoniyat boʻladimi nomaʼlum.
“Google” bunday funksiyani hali rasman eʼlon qilmagan. Ehtimol, hozircha uni faqat ayrim blogerlar sinovdan oʻtkazishayotgan boʻlishlari mumkin.
Avvalroq “You Tube” videolarni avtomatik dublyaj qilish funksiyasini qoʻshgani haqida maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring