Yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.
Yangi farmonga koʻra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha boʻlgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Toʻrt yil davomida ijara vaqtida toʻlansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.
Yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamasligi belgilandi.
Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitish zarurligi taʼkidlandi.
Masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.
Faqat texnik xizmat koʻrsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sugʻurta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yoʻlga qoʻyish kerakligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, oʻquv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi.
Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.
Misol uchun, “Amazon”da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga “Facebook”dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.
Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Umuman, 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga oʻstirib, 80 trillion soʻmdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring