“Yosh vatandoshlar reyestri” ishga tushiriladi

19:07 11 Mart 2022 Jamiyat
1072 0

“Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (101-son, 07.03.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan Oʻzbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:

— yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan taʼminlanadi;

— davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.

2022-yil 1-iyungacha “Yosh vatandoshlar reyestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilinadi.

Har yili 1-martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash boʻyicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.

Agentlik 1-aprelgacha takliflarni oʻrganib Prezident Administratsiyasiga tavsiya kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер