Isroilda Netanyahuni afv etish masalasi boʻyicha hali qaror qabul qilinmagan
TASS xabar berishicha, Isroil prezidenti Isxak Gersog AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan taklif — Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni afv etish masalasini koʻrib chiqmoqda. Biroq hozircha bu borada hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Isroil prezidenti mazkur masalani qonunchilik asosida, davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, oʻz vijdoni amri bilan va har qanday tashqi yoki ichki bosim hamda taʼsirlarsiz koʻrib chiqadi. Tramp bayonotlaridan farqli ravishda, Gersog bu masala yuzasidan hali qaror qabul qilmagani taʼkidlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yil iyun oyida Tramp Isroilda Netanyahuga nisbatan olib borilayotgan sud jarayonlarini toʻxtatish tarafdori ekanini bildirgan. Oktyabr oyida esa Knessetdagi chiqishi chogʻida Gersogga murojaat qilib, Isroil bosh vazirini afv etishni taklif qilgan.
Ayni paytda Binyamin Netanyahu uchta korrupsiya ishi boʻyicha ayblanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring