Yolgʻon gapirish yurak xastaliklarini keltirib chiqaradi
Arizona universiteti olimlari yolgʻon gapirish yurak xastaliklarining asosiy sabablaridan biri ekanligini aniqlashdi.
Bu jarayonda mutaxassislar hissiyotlarni tartibga solishning ikkita modelini tahlil qilishdi: yuzaki, yaʼni odam oʻz his-tuygʻularini atrofidagi odamlarga koʻrsatishdan qoʻrqmaydi; ichki, yaʼni inson oʻzi oʻylagan hamma narsani ichiga yutadi.
Natijada olimlar stressli vaziyatda boʻlgan odam haqiqatni aytmasa, uning yurak-qon tomir tizimi xavf ostida qolishini qayd etishdi. Bunday holat har doim takrorlanganda esa insonda insult va infarkt kelib chiqishi mumkin.
Bu esa nafaqat axloqiy sabablarga koʻra, balki sogʻligʻingizga zarar bermaslik uchun ham yolgʻon gapirmaslik kerakligini anglatadi.
Shuning uchun olimlar yurakni himoya qilish va umr koʻrish davomiyligini oshirish uchun haqiqatni aytishni tavsiya etishmoqda. Shu bilan birga, bu tajribani yurak kasalliklaridan 100 foiz himoya deb ham oʻylamaslik kerak. Chunki bu yurak-qon tomir tizimining ishlashiga taʼsir qiluvchi yagona omil emas.
Shuning uchun yuqori qon bosimi, boshidagi ogʻriqlar kabi alomatlarda, albatta, mutaxassislarga murojaat qilish lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring