“YIL “ISHONCH”I” — gazetalarning yillik hayotini oʻzida jamlagan asa
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Ishonch va “Ishonch-Doveriye” gazetalari kutubxonasi” ruknida chop etilgan “Yil “Ishonch”i” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirga yozuvchi-shoirlar, tilshunos olimlar, jurnalist hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.
Taqdimot avvalida Oʻzbekiston qahramoni Ibrohim Gʻafurov, yozuvchi va adabiyotshunos, publitsist Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Abdusaid Koʻchimov va bir qator ijodkorlar soʻzga chiqib, bu yilgi kitobning ahamiyati, zalvori haqida gapirishdi.

Qayd etish joizki, tahririyat tomonidan 2018-yildan buyon gazetalar sahifalarida chop etilayotgan davr ruhi va islohotlar samarasi aks etgan, dolzarb mavzudagi maqolalarni toʻplab, kitob holida nashr etish yaxshi anʼanaga aylangan. Bu yilgi kitob mana shu xayrli ishlarning davomi, desak mubolagʻa emas.
— Mazkur kitob anʼanamizning yana bir namunasi, gazetalarimiz hayotini ochib beruvchi joriy yilning yilnomasi desak, menimcha, toʻgʻri boʻladi. — deydi gazeta bosh muharriri Husan Ermatov. — Maqolayu gazeta eskirishi mumkin, ammo koʻtarilgan mavzu va muammolar dolzarbligini hech qachon yoʻqotmaydi. Ushbu toʻplam davrimizning oydin koʻzgusi, unga qarab oʻzimizni, jamiyatimizni, muammolarimizni koʻrishimiz mumkin. U faqatgina tahririyatning emas, balki har birimizning sevimli kitobimiz, bebaho mulkimiz boʻlishiga ishonaman.
Tadbir soʻnggida qatnashchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Mehmonlarga yangi nashr etilgan toʻplam tuhfa etildi.








Munira RAHIMOVA,
“Xalq soʻzi”.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring