Yashirin sex tashkil qilib, yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan fuqaro qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.V. “Sohibqiron” MFY hududidagi xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil etgan.
Ushbu yashirin sexda qoʻlbola usulda chigit mahsulotidan isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida 80 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 646 kilogramm chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring