Yaponiyaning ommabop jurnalida Oʻzbekiston elchisi bilan suhbat chop etildi
Yaponiyaning turizm sohasini yoritishga ixtisoslashgan “World” jurnalida Oʻzbekiston elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonovning “World air-sea service co., ltd” sayyohlik kompaniyasi prezidenti Yosuke Kikumaga mamlakatimiz turizm salohiyati haqida bergan intervyusi chop etildi.
Elchi intervyu davomida mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va turizm sohalari, Oʻzbekiston—Yaponiya munosabatlarining joriy holati haqidagi savollarga javob bergan. Nashrda oʻtgan yillar davomida mamlakatda turizm sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy sayyohlar uchun mavjud yangi imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim qilingan.
Xususan, 2023-yil 10−25-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida boʻlib oʻtgan YUNESKO Umumjahon merosi qoʻmitasining 45-sessiyasida Buyuk ipak yoʻlining Zarafshon—Qoraqum yoʻlagi YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgani alohida urgʻulangan.
Suhbatda qadimiy Ipak yoʻli koridorida joylashgan Oʻzbekistonning Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlari, oʻziga xos madaniyati mazkur sayyohlik maskanlarida yaratilgan yangi imkoniyatlarga eʼtibor qaratilgan.
“Oʻtmishda Budda dini va madaniyatining kunchiqar mamlakatga kirib kelishi aynan Oʻzbekiston hududi orqali sodir boʻlganligiga ishonuvchi hamda bunga koʻplab dalillar keltiruvchi yapon jamiyati uchun Surxondaryo viloyati muhim sayyohlik markazlaridan biri boʻlishi mumkin. Viloyatda yuzlab moddiy-madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan. Ayniqsa, Termizdagi birinchi asrga taalluqli boʻlgan Fayoztepadagi buddizm ibodatxonasi, uchinchi asrga oid Kampirtepa qalʼasi, Zurmala minoralari va boshqa budda madaniyati yodgorliklari yapon xalqini befarq qoldirmaydi”, — deya qayd etgan Oʻzbekiston elchisi.
Intervyuda boy yapon milliy madaniyatini saqlab qolgan, eʼzozlagan va boshqa xalqlarning amaliy sanʼatini hurmat qiluvchi yaponiyalik sayohatchilar eʼtiboriga Fargʻona viloyati Rishton shahri haqidagi maʼlumotlar taqdim qilingan.
“Bu yerda bir muddat rivojlanishdan toʻxtab qolgan boʻlsada, Rishton kulolchiligi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda yana gullab-yashnamoqda. Rishtonda prezidentimiz tashabbusi bilan Xalqaro hunarmandlar markazi bunyod etildi. Ustalar oʻzbek kulolchiligidagi milliy anʼanalarni saqlab qolgan holda, ularni yanada boyitib oʻz mahsulotlarini Yevropa va Amerika bozorlariga eksport qilayotir”, — deya taʼkidlagan diplomatik missiya rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring