Yanvar–sentyabr oylarida qaysi hududda eng koʻp chaqaloq tugʻilgan?
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda 664,6 mingta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, shu yilning yanvar–sentyabr oylari mobaynida eng koʻp tugʻilish holatlari Samarqand viloyatida kuzatilib, 80 ming 903 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Hududlar kesimida tugʻilishlar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Samarqand viloyati – 80 ming 903 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 75 ming 116 nafar;
- Fargʻona viloyati – 74 ming 614 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 61 ming 128 nafar;
- Andijon viloyati – 60 ming 131 nafar;
- Namangan viloyati – 57 ming 881 nafar;
- Toshkent viloyati – 49 ming 7 nafar;
- Toshkent shahri – 47 ming 703 nafar;
- Xorazm viloyati – 33 ming 11 nafar;
- Buxoro viloyati – 32 ming 624 nafar;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 29 ming 523 nafar;
- Jizzax viloyati – 28 ming 484 nafar;
- Navoiy viloyati – 18 ming 594 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 15 ming 879 nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring