Yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq Qozogʻiston fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan
2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 2 million nafar Qozogʻiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 857 ming nafarga yoki 76 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha koʻrinish olgan:
- qarindoshlarni yoʻqlash – 1 million 685 ming 849 nafar;
- xizmat yuzasidan – 149 ming 912 nafar;
- sayohat – 143 ming 898 nafar;
- oʻqish – 91 nafar;
- tijorat – 455 nafar;
- davolanish – 6 ming 63 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, shu davr ichida qariyb 1,1 million Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonga safar qilgan boʻlib, ushbu raqam oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 338,5 ming nafarga yoki 47 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring