Yangi sunʼiy idrok yaratildi. U DNK sirlarini “fosh qilib” tashlab, inson hayotini saqlab qolishi mumkin
 
                Los-Alamos milliy laboratoriyasi olimlari “EPBDxDNABERT-2” deb nomlangan yangi sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqishdi. Ushbu model DNK va gen boshqaruv omillari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni aniqlab berishga qaratilgan. Model “DNK nafas olishi” jarayonini oʻrganish orqali genlar faoliyatini yaxshiroq tushunish va yangi dorilar ishlab chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Bu tadqiqot natijalari “Nucleic Acids Research” jurnalida chop etilgan.
DNK inson toʻqimalaridagi barcha jarayonlarni boshqaruvchi genetik koddir. Undagi maʼlumotlar gen yozuvi faktorlari orqali boshqariladi. Bu esa jarayon hujayralarning oʻsishi va faoliyati uchun muhimdir. “EPBDxDNABERT-2” modelini yaratish orqali olimlar genetik faoliyatga oid murakkab jarayonlarni yaxshiroq aniqlashga erishishdi. Maʼlum boʻlishicha, bu, xususan, rakka qarshi yangi dorilar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchilar modelni 690 ta genetik tadqiqot natijalariga asoslangan maʼlumotlar ustida oʻqitishdi. Ushbu model 660 dan ortiq gen ifodalanishini boshqaruvchi omillarini aniqlashda aniqlikni 9,6% ga yaxshiladi. Bu esa genetik jarayonlarni tahlil qilishda katta qadam deyish mumkin.
“EPBDxDNABERT-2” nafaqat DNKning hayotiy siklini oʻrganish, balki gen yozuvi faktorlari bogʻlanuvchi DNK uchastkalari tuzilishini tahlil qilishda ham muhim vosita boʻladi. Bu jarayonlarni aniqlash genlar faoliyati va hujayralar rivojini tushunish uchun kalit hisoblanadi. Ushbu model ilmiy asosda aniqlangan maʼlumotlarni yanada ishonchli tahlil qilishga xizmat qiladi.
Model Los-Alamos laboratoriyasining zamonaviy superkompyuterlari orqali sinovdan oʻtkazildi. Bu model neyron tarmoqlarga oʻxshash ishlaydi va genetik maʼlumotlarni aniqlash uchun murakkab algoritmlardan foydalanadi. Shu orqali genlar faoliyati va ularning boshqaruv jarayonlarini tahlil qilish yanada samarali boʻldi.
Ushbu innovatsiya kompyuter orqali genetik tadqiqotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. “EPBDxDNABERT-2” modeli nafaqat ilmiy tadqiqotlarda, balki inson hayotini saqlab qolish uchun moʻljallangan texnologiyalarda ham qoʻllanishi mumkin. Bu texnologiya dunyo ilmiy jamoasining biologik jarayonlarni tushunishdagi muhim qadamini aks ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring