Yangi paxta navi hosildorlikni ikki barobarga oshiradi
Andijon viloyatida global iqlim oʻzgarishi jarayonida qishloq xoʻjaligida tejamkor va hosildor navlarni mamlakatimiz sharoitiga moslash orqali hosildorlikni ikki barobarga oshirish boʻyicha tajriba ishlari boshlab yuborildi.
— Bunda xitoylik agronomlar bilan hamkorligimiz ijobiy natija berishidan umidvormiz, — deydi paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali direktori Ilhomjon Abdurahmonov. — Sababi Xitoydan keltirilgan urugʻ orqali har gektardan 70 sentnergacha hosil olish mumkin. Vaholanki, respublikamizda bu koʻrsatkich 30-35 sentnerni tashkil etmoqda.
Bu yil Andijon viloyatida 71 ming 331 gektar maydonga chigit qadash koʻzda tutilgan. Shundan 7 ming 100 gektariga Xitoy davlatidan olib kelingan ikki turdagi chigit ekiladi. Uning afzallik jihatlari shundaki, avvalo, qoʻl mehnatiga boʻlgan talabni kamaytirib, yangi nav orqali suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Eng muhimi shundaki, anʼanaviy usulda paxta yetishtirish jarayonida har gektar maydonga 25-30 mln. soʻm mablagʻ sarflanib, sof daromad atigi 2-2,5 mln. soʻmni tashkil etayotgan bir paytda yangi tajriba orqali daromadni keskin oshirish mumkin.
Hozirda viloyatdagi 316 ta fermer xoʻjaligida xitoy texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.
Saminjon HUSANOV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring