Yangi loyihaga asos solindi
Andijon viloyatida farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish koʻlami yildan yilga ortib bormoqda. Bu jarayon tarmoqda yangi quvvatlarni ishga tushirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiyalarni keng jalb etish orqali taʼminlanmoqda. “Andijon farm” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan navbatdagi yirik loyiha ham bu boradagi izchil taraqqiyotning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Qiymati 16 million AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur loyiha Turkiyaning “Brocenna” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, yiliga 1500 turdan ortiq tibbiy jihozlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, import hajmini qisqartirish hamda sanoat tarmogʻida raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, ushbu loyiha nafaqat farmatsevtika sohasini rivojlantirish, balki hudud iqtisodiyotini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi natijasida 400 nafar fuqaro doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanib, aholi daromadlari oshishiga, ishlab chiqarish zanjirlari kengayishiga va iqtisodiy faollikning yuksalishiga zamin yaratiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring