MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: MIB
Majburiy ijro byurosi direktoriga yangi oʻrinbosari tayinlandi, deb xabar bermoqda byuro axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan Ochilov Xurshid Nomozovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari – Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Xurshid Ochilov 1982-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. Ish faoliyatini 2007-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi katta surishtiruvchisi vazifasida boshlagan.
2012-2017-yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand va Buxoro viloyatlarida bir qator masʼul lavozimlarda ishlagan. Ochilov 2017-2023-yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Nurobod, Sergeli va Uchtepa tuman boʻlimlari boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bugungi tayinlovga qadar, u Byuroning Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. X.Ochilov endilikda nafaqaga kuzatilgan Z.Xolmuhamedovning oʻrnida faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring