Yangi korxona ish boshladi

Samarqand tumanida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 25 million dollar boʻlgan loyiha doirasida 70 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Hozirgi kunda butun dunyoda bino va inshootlar innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallarini qoʻllash orqali sifatli, har tomonlama qulay, energiya tejamkor tarzda bunyod etilmoqda. Yurtimizda ham bazalt toshi va shisha momigʻidan issiqlik saqlovchi, energiya tejovchi materiallar sifatida foydalaniladi.
Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda tuman jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
— Bugun Samarqand tumanida yangi ochilgan korxona ham barpo etilayotgan bino va inshootlarning issiqlik saqlovchi materiallarga boʻlgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi viloyat rahbari.
Tadbir ishtirokchilari korxonadagi zamonaviy uskunalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Korxona toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagach, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlariga ham issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring