Yangi Andijonda yana bir qulaylik yaratildi

12:39 11 Mart 2025 Jamiyat
115 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanida “Yangi Andijon shahri” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar avj pallaga kirdi. Shu kungacha yuzlab aholi yangi uylarga koʻchib oʻtdi. Ularga qulay sharoit yaratish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkiloti, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, oilaviy poliklinika, ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Yangi qurib bitkazilgan suv taqsimlash inshooti esa soatiga 420 metr kub ichimlik suvini aholiga yetkazib bermoqda.

— Inshootimiz zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ bosh muhandisi Humoyun Alimov. — Barcha jarayonlar maxsus dastur asosida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Bu taʼminotning uzluksizligini, isteʼmolchilarga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatishni kafolatlaydi. “Yangi Andijon shahri” loyihasi oʻn yil muddatga moʻljallangan boʻlib, ayni paytda birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Shuni inobatga olgan holda inshootda zaxira maydoni tashkil etilgan, ehtiyoj tugʻilganda uni ishga tushirish imkoniyati mavjud.

2024-yilda 33 milliard soʻmlik loyiha asosida “Ekspress bunyodkor servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilishi boshlangan ushbu inshootning sigʻimi 4 ming metr kubdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер