Yana ikki terma jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi

10:44 18 Noyabr 2025 Sport
217 0

Kecha, 17-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Germaniya termasi guruhdagi asosiy raqibi — Slovakiya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv “nemis mashinasi”ning yirik 6:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Leroy Sane, Nik Voltemade, Serj Gnabri, Ridl Baku va Assan Uedraogo mualliflik qildi.

Shu tariqa Germaniya termasi guruh bosqichini 15 ball bilan birinchi oʻrinda yakunladi va Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Kun doirasidan oʻrin olgan yana bir bahsda Niderlandiya terma jamoasi Litva termasini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Gollarga Tijjani Reyynders, Kodi Gakpo, Xavi Simons va Doniyel Malen mualliflik qildi. Shu tariqa Niderlandiya termasi guruh bosqichini 20 ochko bilan birinchi oʻrinda yakunladi va kelgusi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?