Yana bir huquqbuzarlik boʻyicha maʼlumot berganlar ragʻbatlantiriladi

05:49 09 Aprel 2022 Jamiyat
1062 0

Foto: Illustrativ foto

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqbuzarlik holatlari boʻyicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravariga teng (270 ming soʻm) miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Qayd etilishicha, foto va videomateriallarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.

Materiallarda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:

— sodir etilgan huquqbuzarlik;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

— madaniy meros obyektining nomi (tegishli huquqbuzarlik boʻyicha);

— huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Ragʻbatlantirish:

— huquqbuzarlik boʻyicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi;

— huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan keyin kelib tushgan xabarlar boʻyicha amalga oshirilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер