Yakkasaroyda elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatini rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan xodim ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Energo Savdo” filiali Yakkasaroy tumani boʻlimi oʻchirish guruhi ustasi X.I. “R.H.” MCHJga qarashli mehmonxonada elektr tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari noqonuniy ulanganlik holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga tadbirkordan 25 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida “Energo Savdo” filiali xodimi X.I. elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanish holatini oʻz telefonida video tasvirga olib, mehmonxona rahbariga dalolatnoma rasmiylashtirilsa 70 million soʻm jarima qoʻllanilishi mumkinligini aytib, dalolatnomani rasmiylashtirmaslik evaziga 35 million soʻm talab qilib, oldindan boʻnak sifatida 10 million soʻmini qoʻlga kiritib, mehmonxonani elektr tarmogʻiga ulab bergani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring