Yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarga dars berganlik uchun yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi

09:57 26 Noyabr 2025 Hujjatlar
217 0

Hukumat qarori (740-son, 24.11.2025-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun maktab oʻqituvchilariga BHMning 1 baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi.

Kompensatsiya maktabdan ushbu oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km boʻlganda hamda oʻquvchiga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlari miqdoriga mutanosib toʻlanishi belgilangan.

Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi hamda tibbiyot hamshiralari vaqtincha ishda boʻlmagan davrda ularning vazifasini bajarish uchun ichki buyruqlar oʻrindoshlik asosida rasmiylashtiriladi.

Bunda bajarilgan ish uchun 100 foiz miqdorda (boshqa lavozimlar uchun 50 foiz miqdorda) ish haqi toʻlanadi.

Mazkur holatda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami ish yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер