“Yagona tibbiyot tizimi”: tibbiy xizmat sifati oshmoqda
Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Nukus tumani tibbiyot birlashmasida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari takomillashtirilib, “Yagona tibbiyot tizimi” yoʻlga qoʻyildi.
Yangi tizimning joriy etilishi hisobiga, ilgari shifokor qabuliga borgan odam 40 daqiqa kutgan boʻlsa, endilikda navbatga onlayn yozilish orqali kutish vaqti keskin qisqardi. “Dmed” mobil platformasi koʻmagida uyda oʻtirgan holda ham shifokor qabuliga yozilish mumkin.

Bemorlarning poliklinikaga kelishi natijasida toʻplanadigan tibbiy maʼlumotlari elektron shaklda saqlanadi. Shifokor koʻrigidan oʻtish jarayonida topshirilgan tahlillar xulosasini elektron dastur orqali olish imkoniyatiga ham mavjud.
Tizim bir qator platformalar bilan integratsiya qilindi. Fuqaroning yuzini aniqlash dasturi yordamida darhol xizmat koʻrsatishga oʻtilib, istalgan tibbiyot muassasasidan bemor haqidagi tibbiy maʼlumotlar real vaqt rejimida olinadi.
Tibbiyot sohasidagi bunday imkoniyatlar ortiqcha ovoragarchilikni kamaytiradi, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring