“XIX asrda O‘zbekiston” fotolar ko‘rgazmasi ish boshladi
Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
4 noyabr kuni poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomli ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkorligida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma ish boshladi. 11 noyabrga qadar davom etadigan, muxlislarga ilk bor taqdim etilayotgan mazkur namoyishdagi 114 surat orqali qadim tarixga ega yurtimizning XIX asrdagi madaniy merosi, ijtimoiy va kundalik hayoti, urf-odati va an’analari, oilaviy qadriyatlari yoritilgan. Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomli ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan uch tilda ya’ni turk, o‘zbek va ingliz tillarida chop etilgan kitob O‘rta Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biri sanalgan O‘zbekistonga oiddir. Fotosuratlar O‘zbekiston shaharlarining tarixiy va me’moriy asarlarini o‘sha davrning ijtimoiy va kundalik hayotidagi turli jabhalarda namoyon etgan yorqin xazinadir.

Ko‘rgazma Rossiyaning eng qadimiy san’at muassasalaridan biri – Sankt-Peterburgda joylashgan Kunstkamera muzeyidagi mashhur O‘rta Osiyo fotografi V.Orden tomonidan tasvirga muhrlangan O‘zbekistonga oid noyob suratlar to‘plamidan iborat. Turkiy xalqlar madaniy merosiga beshik bo‘lgan O‘zbekistonda asrlar davomida to‘plangan bebaho boylik – noyob suratlar to‘plamini tadbir qatnashchilari, muxlislar yuksak baholadi.















Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring