Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSHning Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyel Rozenblyumni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyel Rozenblyumni qabul qildi.
V.Norov Elchini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani yuzasidan tabrikladi. Bu uning Oʻzbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarini qoʻshgan hissasi yuqori baholanganidan dalolat beradi.
D.Rozenblyum Oʻzbekistondagi faoliyati davomida respublikaning barcha sohalarda jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng koʻlamli islohotlarga guvoh boʻlganini taʼkidladi. AQSH hukumatining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlar siyosatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash qayd etildi.
Oʻzbekiston-AQSH Strategik sheriklik muloqoti doirasida qator tadbirlarning muvaffaqiyatli oʻtkazilgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlari ilgari erishilgan kelishuvlarning toʻliq ijrosi yuzasidan birgalikda ishlashga tayyorligi tasdiqlandi.
Ikki tomonlama darajada va “C5+1” shaklidagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali boʻyicha fikr almashildi.
Elchi Oʻzbekiston tomoniga mamlakatda diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani va qulay sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Qanday lavozimni egallashidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonning doʻsti boʻlib qolishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring