“VISION-2050» mavzusida ekspertlar yigʻilishi oʻtkazildi

13:13 01 Dekabr 2023 Jamiyat
452 0

20-oktyabr kuni “InnoWeek.Uz-2023» xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “VISION-2050» ekspertlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Shahlo Turdikulova hamda Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi Xalqaro ekspertlar kengashi raisi Yerbol Suleymenov boshchiligida oʻtkazildi.

Ekspertlar uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yigʻilishda ilm-fan, tijoratlashtirish, venchur kapital fondlari, nashriyot faoliyati, sarmoya va biznes kabi turli sohalardan mutaxassislar yigʻildi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki (WB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va Yevropa Ittifoqi (EU) vakillari ham ishtirok etdilar. Mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Qozogʻiston, Isroil va Buyuk Britaniya kabi turli mamlakatlarning fikr va tajribalari taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер