Vens: AQSH Falastinni tan olish niyatida emas
Foto: Leah Millis/REUTERS
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning aytishicha, Vashingtonning asosiy maqsadi — HAMASni yoʻq qilish.
Vens bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
“Bizda Falastin davlatini tan olish rejasi yoʻq. Faol hukumat yoʻq sharoitda bunday tan olish nima anglatishini ham bilmayman”, — dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Londonning ehtimoliy qarorini ham AQSH kuzatib boradi.
“Bu masalada Britaniya mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Prezidentimiz Isroil va Gʻazo boʻyicha maqsadlarimizni aniq belgilagan: birinchi — HAMAS biror marotaba tinch aholiga hujum qilmasligi uchun uni butunlay yoʻq qilish; ikkinchi — Gʻazodagi ogʻir gumanitar inqirozni hal etish”, — deya qoʻshimcha qildi Vens.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyi oxirida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer devoni bildirishicha, agar Isroil Gʻazoga gumanitar yordam kiritishga toʻsqinlik qilishda davom etsa va harbiy amaliyotni toʻxtatmasa, London sentyabrdagi BMT Bosh Assambleyasi sessiyasigacha Falastinni rasman tan oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring