Vengriyalik professor TDAU rektorining xalqaro maslahatchisi etib tayinlandi
Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy agrar taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Vengriyaning MATE universiteti professori Zoltan Lakner rektorning xalqaro maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov marosimida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida professor Zoltan Lakner universitet jamoasiga tanishtirildi.

Ushbu hamkorlik doirasida Vengriya va Yevropa Ittifoqi oliy taʼlim muassasalari bilan akademik aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarni Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Professor Zoltan Lakner TDAU jamoasi bilan birga faoliyat olib borishidan mamnun ekanligini bildirib, universitet mavqeyini xalqaro darajada yanada yuksaltirishda bor bilim va tajribasini safarbar etishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring