Velosportchilarimiz beshinchi oltin medalni rasmiylashtirishdi
Dushanbe shahrida oʻtkazilayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati oʻzining qizgʻin pallasiga kirmoqda. Terma jamoamiz bugungi kun hisobidan ikkinchi, musobaqadagi beshinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Navbatdagi oltin medal yosh yigitlar oʻrtasidagi guruh poygasi bahsida qoʻlga kiritildi. Unda ishtirok etgan Samandar Sultonov marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Eʼtiborlisi, xuddi qizlar bellashuvida boʻlgani kabi ushbu dasturda finish arafasi Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalarining vakillari raqobat olib borishdi. Oʻziga xos duelda Sultonov Maksim Taraskinni dogʻda qoldirdi.
Veloshosse boʻyicha OCH, yoshlar (U-20)
Guruh poygasi, 111 km.:
1. Samandar Sultonov (Oʻzbekiston) – 2:47:13;
2. Maksim Taraskin (Qozogʻiston) – 2:47:13;
3. Ilya Karabutov (Qozogʻiston) – 2:56.50.
Eslatib oʻtamiz, Sultonov mazkur musobaqaga Fransiyada “Team Culture Velo u19» jamoasi bilan tayyorgarlik koʻrgan edi. Bugun xorijda toʻplangan ulkan tajriba qitʼa chempionligi yoʻlida xizmat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring