Vazirlik “Vaqf” xayriya jamoat fondiga nega uchinchi marta murojaat xati yoʻlladi?
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Madaniy meroslarimiz tappidan iborat! Uyat, tariximizga befarq mutasaddilar” mavzusi ostida tarqalgan “Qirq qiz saroyi” arxitektura yodgorligidagi holat Madaniyat vazirligi Axborot xizmati tomonidan oʻrganib chiqilganda, ushbu obyektga bugungi kunga qadar qorovul qoʻyilmaganligi oqibatida qarovsiz holga kelib qolgani aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi “Muqaddas ziyoratgoh va qadamjolardan foydalanishni yana-da takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi 708-farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyatidagi mavjud 16 ta ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylar tekin foydalanish huquqi bilan uch tomonlama ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun “Vaqf fondi”ga topshirilgan.
"2019-yil 27-may kuni “Vaqf” xayriya fondiga “Qirq qiz saroyi” arxitektura yodgorligini restavratsiya va konservatsiya qilish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlanib, madaniy meros departamenti bilan kelishilgan holda taʼmirlash ishlari olib borilishi lozimligi yuzasidan xat yuborilgan edi. 2019 12-dekabr kuni “Qirqqiz saroyi” arxitektura yodgorligida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish lozimligi yuzasidan ikkinchi marotaba murojaat xati kiritildi.
2020-yil 15-iyun kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 01-09-834 sonli xati orqali yodgorlikni obodonlashtirish yuzasidan uchinchi marotaba murojaat xati yoʻllanganini maʼlum qilamiz" deyiladi Madaniyat vazirligi axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring