Vazir bayram kuni bemor xotin-qizlar holidan xabar oldi
Foto: SSV matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan xotin-qizlar holidan xabar oldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazir tashrif davomida bemor ayollar bilan suhbatlashib, ularni bayram bilan samimiy qutladi. Oʻzbekistonda xotin-qizlar salomatligini asrash davlatning alohida eʼtiborida ekanini taʼkidlab, ularga xastalikdan tezroq sogʻayib ketishlarini tiladi va ayollarga vazirlikning bayram sovgʻalarini topshirdi.
“Xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga gʻamxoʻrlik qilish barchamizning burchimiz. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, onani, ayolni rozi qilsak, xalq bizdan rozi boʻladi. Shu sababli bu yerda davolanayotgan har bir bemor, ayniqsa, ushbu dardga chalingan opa-singillarimiz biz uchun aziz va qadrli. Ularning xastalikdan tezroq sogʻayishi va oilasi bagʻriga qaytishi uchun barcha choralarni koʻramiz”, — degan sogʻliqni saqlash vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring