Vatandan ayro baxt yoʻq

Kitob javonimiz yana bir yangi asar bilan boyidi. Bu toʻplam Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan boʻlib, mazmun-mohiyati bilan kitobxonga ruhiy quvvat bagʻishlaydi. Gap taniqli adib, “Shuhrat” medali sohibi Habib Siddiqning yaqinda chop etilgan “Vatandan ayro baxt yoʻq” nomli kitobi haqida bormoqda.
— Ushbu toʻplamga adibning mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatimiz maʼnaviy hayotidagi yangilanishlar, zamondoshlarimiz, ilmu sanʼat va adabiyot ahli haqidagi publitsistik maqolalari, esselari va mushohadalari kiritilgan, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi rahbari Xurshida Vahobjon qizi. — Kitob oʻquvchi ongiga bevosita taʼsir qiladi, yurtga sadoqat, Vatanga mehr, kelajakka ishonch tuygʻularini kuchaytiradi. “Vatandan ayro baxt yoʻq” toʻplami nafaqat mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatini ochib beradi, balki kitobxonni bu jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishga undaydi. Asar oʻz mazmuni bilan inson qalbida fidoyilik, masʼuliyat, shukronalik, halollik kabi yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotadi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, Habib Siddiq oʻtgan asrning saksoninchi yillaridan buyon qissa va hikoyalari, hazil-hangomalari bilan adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. Uning asarlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Yangi toʻplami esa ijodkorning hayotiy tafakkuri va vatanparvarlik ruhini yana bir bor teran namoyon qiladi. Kitob mustaqillik bayrami arafasida kitobxonlar uchun maʼnaviy sovgʻa boʻldi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring