Vatan himoyachilari sharaflandi

15:58 14 Yanvar 2025 Jamiyat
203 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni tantanalari Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligidagi viloyat faollari Amir Temur maqbarasida yigʻilib, oʻtganlar ruhiga Qurʼon tilovat qildi.

Shundan soʻng viloyat va shahar hokimliklari, huquq-tartibot idoralari vakillari hamda harbiylar Amir Temur haykali poyiga gullar qoʻyishdi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari viloyat musiqali drama teatrida davom etdi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.

Tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari hokimlikning faxriy yorligʻi hamda sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Teatr aktyorlarining sahna chiqishlari, sanʼatkorlarning diltortar qoʻshiqlari bayramga yanada koʻtarinkilik baxsh etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?