Vaksina saqlash ombori faoliyat boshladi
Hududlarda vaksina saqlash omborlarining bugungi kundagi holatlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Angren shahar hokimligining Angren shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimida vaksina saqlash omborini qayta rekonstruksiya qilish va ushbu taʼmirlash-qurish ishlariga mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratish boʻyicha bergan taklifi maʼqullangan edi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabariga koʻra, qisqa muddatda qayta qurib foydalanish uchun topshirilgan, barcha sharoitlarga ega vaksina ombori oʻz faoliyatini boshladi.
Vaksina saqlash ombori quyidagilardan:
— vaksinalarni belgilangan standart talablari asosida saqlash uchun 5 ta sovutkich va 2 ta muzlatkichdan iborat vaksina saqlash ombori;
— qoʻshimcha immunizatsiya vositalarini saqlash uchun maxsus xona;
— vaksina va immunizatsiya vositalarini oʻramlash xonasi;
— vaksina omborxona mudiri xonasidan iborat.
Vaksina ombori, birinchi navbatda, bolalar salomatligini yaxshilash va immunizatsiya xizmatlarini takomillashtirishga katta hissa qoʻshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring