“Uzumzor”da mahalla servis markazi ish boshladi

Qoʻqon shahridagi “Uzumzor” mahalla fuqarolar yigʻinida jahon andozalari darajasida faoliyat koʻrsatuvchi mahalla servis markazi ish boshladi. Ayni paytda mahalladagi 900 ga yaqin oilada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Servis markazida 10 ga yaqin ish oʻrinlari yaratish orqali 34 ta xizmat faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
— Mahallamiz asosan aholi xonadonlaridan iborat, oʻnga yaqin koʻp qavatli uylar ham bor, — deydi mahalla faoli Muxtorjon Oʻrinboyev. — Servis markazi xodimlari hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholi tomorqasidan unumli foydalanishga koʻmaklashmoqda.
Shu maqsadda markaz ishchi-mutaxassislari zamonaviy transport vositalari, mehnat qurollari va boshqa kerakli jihozlar bilan taʼminlandi. Tezkor va sifatli xizmatni yoʻlga qoʻyish uchun aloqa vositalari oʻrnatildi.
— Viloyatning har bir hududida bosqichma-bosqich boshqaruv servis kompaniyasi va mahalla servis markazi ishga tushirilmoqda, — deydi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Adxamjon Ziyavitdinov. — Bugungi kunda ana shu kabi tuzilmalar viloyatning boshqa shaharlari, Bagʻdod tumanida ham samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Taʼkidlash joizki, bunday markazlar mahallada obodonlashtirish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻlib xizmat qilayotir. Eng muhimi, bu kabi izchil saʼy-harakatlar tufayli aholi tomorqasi hamda kommunal soha bilan bogʻliq masalalarni mahallaning oʻzida ijobiy hal etish imkoniyati yaratildi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring