Uzoq Sharq federal okrugi hududlarida moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan 9 nafar yurtdoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

11:59 26 Aprel 2021 Jamiyat
813 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, vakolatli tashkilotlar va saxiy insonlar koʻmagida pandemiya sharoitida xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolarini qoʻllab-quvvatlash, moddiy-huquqiy yordam koʻrsatish, ularni vatanga qaytarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Vladivostok shahrida faoliyat yuritib kelayotgan «Vostok-Buxara» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, oʻzbekistonlik A.Azizov hamda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida Uzoq Sharq federal okrugi hududlarida turli sabablarga koʻra, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan 9 nafar yurtdoshimiz (3 nafari yosh bola) Vladivostok-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha tashkillashtirilgan charter aviareysi orqali bepul Oʻzbekistonga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер