Uzilgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang — Energetika vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

11:05 12 Fevral 2026 Jamiyat
358 0

Maʼlumki, ayni kunlarda Respublikamiz boʻylab kuchli shamol va yomgʻir kuzatilmoqda. Energetika vazirligi noqulay ob-havo sharoitida amal qilish zarur boʻlgan shaxsiy xavfsizlik choralarini eslatib oʻtdi.

Unga koʻra, fuqarolar quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlari soʻraladi:

  • yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;
  • elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;
  • avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;
  • kuchli shamol va yomgʻir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt boʻlishdan saqlaning;
  • bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolgʻiz qoldirmang.

“Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер