Uzcard va Humo kartalari bankomatlarini birlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi
O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlari integratsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Uzcard xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining kartalarini qabul qilishi uchun birlashtirildi.
“Endi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha bankomatlar ushbu imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydi va siz mos bankomat izlab vaqt yo‘qotmaysiz. Har bir bankomat Uzcard va Humo kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi”, — deya xabar bergan kompaniya.
May oyida “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ milliy banklararo to‘lov tizimi bilan birgalikda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlarni yakunlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring