Uzbekistan Airways qoʻshimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi

19:10 13 Dekabr 2023 Jamiyat
306 0

Uzbekistan Airways xabariga koʻra, OTM, professional va kasb-hunar talabalari uchun taqdim etilgan chegirmalar hisobga olingan holda, qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etilgan.

Jumladan:

— Toshkent – Buxoro – Toshkent – 23, 25, 26, 29-dekabr;
— Toshkent – Nukus – Toshkent – 23, 24, 29-dekabr;
— Toshkent – Termiz – Toshkent – 23, 25-dekabr;
— Toshkent – Fargʻona – Toshkent – 25-dekabr;
— Toshkent – Urganch – Toshkent – 25, 26, 27, 28, 29-dekabr;
— Toshkent – Qarshi – Toshkent – 27-dekabr;
— Toshkent – Namangan – Toshkent – 29-dekabr.

“Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan va veb-saytda parvozlar jadvali bilan tanishishingiz hamda aviachiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Talabalar uchun moʻljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniya agentlariga murojaat qilishingiz va davlat universitetida oʻqiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega boʻlishingiz kerak” deyiladi rasmiy xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?