“UzAuto Motors” ogohlantirish bilan chiqdi
Soʻnggi paytlarda “UzAuto Motors” AJ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun kredit olishda “yordam” berish borasidagi takliflar tez-tez uchramoqda. Holatga “UzAuto Motors” munosabat bildirdi.
«Banklar avtokredit boʻyicha vositachilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilmaydilar. Avtokredit isteʼmolchining shaxsiy soʻrovi orqali bank va avtomobil ishlab chiqaruvchining qoʻshma dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Qarz oluvchining daromadi yetarlicha boʻlmagan taqdirda ham, “muammoni hal qilish” haqidagi barcha vaʼdalar yolgʻondir. Banklar qarz oluvchilarning daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan oladilar.
Shuni esda tutingki, yangi avtomobil xarid qilish uchun kreditni faqat Bankka murojaat qilish orqali olishingiz mumkin. Bunday kreditlarni rasmiylashtirish maksimal darajada soddalashtirilgan va koʻp vaqtni talab qilmaydi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring