Urganchdagi koʻp qavatli uyda qariyb 700 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlandi
Urganch shahridagi koʻp qavatli uyda 690 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “«Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, shaharning “Mashʼal” MFY Yoshlik koʻchasidagi koʻp qavatli turar-joy binosi xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qonunbuzilish holati natijasida 690 million 770 ming soʻm zarar aniqlanib, barcha materiallar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring