Umra toʻlovlari nega oshirildi?

08:25 18 Yanvar 2022 Jamiyat
746 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil fevral oyiga qadar qilingan Umra toʻlovi miqdoriga yana narx qoʻshilgani boʻyicha tarqalgan maʼlumotlarga Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi munosabat bildirdi. 

Bayonotning qisqacha mazmuniga koʻra:

— koronavirus pandemiyasi sabab mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 oʻrindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish, oziq-ovqatlar endi maxsus qadoqlangan holda tarqatilishi, qoʻshimcha shifokorlar va maxsus dori-darmonlar bilan taʼminlash kabi talablar oʻrnatilgan va bu avvalgi narxga taʼsir qilgan;

— Saudiya qirolligida 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi joriy etilgan;

— Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin boʻlgan 5 yulduzli mehmonxonalar buyurtma qilingan. Masjidi Nabaviyga yaqin boʻlgan “Pulman zam-zam” va Baytulloh atrofidagi “Jabal Umar” hududida joylashgan mehmonxona olingan; (oldingi yillarda ziyoratchilar Makka shahrida Haram masjididan chamasi 1,2 km. boʻlgan mehmonxonada istiqomat qilishgan)

— Oʻzbekiston Saudiyada umra safarini tashkil qilish boʻyicha bir necha shirkat takliflarini oʻrgangan. Bunda avvalo shirkatlarning Saudiya haj va umra vazirligi talabiga asosan umrani tashkil etish boʻyicha litsenziyasi bor yoki yoʻqligiga eʼtibor qaratilgan; (ijtimoiy tarmoqlarda muqobil taklif bilan chiqayotgan baʼzi shirkatlar umra xizmatini koʻrsatish uchun yangilangan ruxsatnomaga ega emas)

— Oldingi uzoq yillik hamkor shirkat ham pandemiyadan keyin litsenziya ololmagani uchun boshqa, imkoniyati kengroq “Abu Sarhad” shirkati bilan shartnoma imzolangan;

— Har bir Haj yoki umra mavsumi toʻlovlar bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanadi. Bu mablagʻlardan boshqa maqsadda foydalanish imkoniyati yoʻq;

— 2020-yil fevral oyiga qadar Umra uchun toʻlov amalga oshirgan, hozirda borish istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan toʻlovlari qaytarib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер