Ulugʻ shoirga ehtirom (Foto Video)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Bu yil ulugʻ soʻz sanʼatkori, mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligini keng nishonlaymiz. Mutafakkir shoir tavalludini yurtimiz boʻylab katta tantana bilan nishonlash ezgu anʼanaga aylangan. Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizda qad rostlagan Navoiy haykallari poyiga gul qoʻyish marosimlari boʻlib oʻtdi.
Avvalo Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hovlisida joylashgan ulugʻ shoir haykali poyida asosiy rasmiy tadbir oʻtkazildi. Unda davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, Afgʻoniston va Ozarbayjondan kelgan bir guruh olim va tadqiqotchilar, talaba va oʻquvchi yoshlar hamda ijodiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Anjumanda soʻz olganlar Navoiy abadiyati, turli mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhitida qoldirgan oʻchmas izi, betakror gʻazallari xususida coʻz yuritdilar. Shuningdek, Navoiy gʻazallaridan qilingan tarjimalar, ulugʻ shoir haqidagi olimlar fikr-mulohazalari aytib oʻtildi.
xs.uz online rasmiy veb saytini kuzatib boring. Tez orada tantanali adabiy-maʼrifiy tadbirdan video reportaj taqdim etamiz.
Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring