Ukrainada korrupsiya mojarosi: Adliya vaziri ishdan boʻshatildi
Ukrainada “Energoatom” atrofidagi korrupsiya mojarosi avj olmoqda. Natijada Adliya vaziri lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Ukraina adliya vaziri German Galushenko davlatga qarashli “Energoatom” yadroviy konserni bilan bogʻliq keng koʻlamli korrupsiya tergovi doirasida vaqtinchalik ishdan olingan.
Bildirilishicha, ayni vaqtda tergovchilar “Energoatom” bilan tuzilgan shartnomalarda pora berish holatlarini oʻrganmoqda. Maʼlumotlariga koʻra, vositachilar kompaniyaning tijorat sheriklaridan taxminan 100 million dollar miqdorida pora talab qilgan boʻlishi mumkin.
Korrupsiya ishi boʻyicha besh kishi hibsga olingan va yetti nafar sudlanuvchi, jumladan, energetika vazirining sobiq maslahatchisi ham tergovga jalb qilingan. Bundan tashqari, konsernning xavfsizlik boʻyicha rahbari, Vladimir Zelenskiyning sobiq biznes hamkori ham mazkur ish boʻyicha gumondorlar roʻyxatida mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring