Ukraina-Rossiya urushini yozgacha tugatishni istaymiz – Tramp

14:46 07 Fevral 2026 Dunyo
697 0

AQSH prezidenti Donald Tramp yozgacha Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha kelishuvga erishish istagi borligini maʼlum qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar Kiyev va Moskva uchun urushni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni iyun oyigacha yakunlash muddatini belgilagan.

“AQSH Ukraina va Rossiyaga urushni shu yozning boshiga qadar tugatishni taklif qilmoqda. Ular barcha jarayonlar iyun oyigacha yakuniga yetishini xohlayapti”, — degan Ukraina rahbari.

Shuningdek Zelenskiy, Qoʻshma Shtatlar navbatdagi uch tomonlama muzokaralarni kelasi hafta oʻtkazishni taklif qilganini aytib oʻtgan.

Uning soʻzlariga koʻra, bu safar muzokaralar ilk bor Yevropa yoki Yaqin Sharqda emas, balki AQSH hududida oʻtkazilishi mumkin. Uchrashuv oʻtkaziladigan manzil sifatida Mayami shahri koʻrsatilgan boʻlib, unda Ukraina delegatsiyasi ishtirok etishi tasdiqlagan.

Mazkur tashabbus Abu-Dabida boʻlib oʻtgan soʻnggi muzokaralardan keyin yangragan. Maʼlumot uchun, ushbu muzokaralarda ijobiy kelishuvlar amalga oshmagan. Rossiya tomoni Ukraina qoʻshinlarini Donbass hududidan olib chiqishni hamon talab qilmoqda. Kiyev esa bu talabni qatʼiyan rad etib kelyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?