Ukraina muddati oʻtgan AstraZeneca vaksinasining yarim million dozasini yoʻq qildi
Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligi Britaniya-Shvetsiya AstraZeneca kompaniyasining muddati oʻtgan 500 ming dozadagi koronavirus vaksinasini utilizatsiya qildi. Bu haqda Ukrainaning “Liga.net” nashri xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, muddati oʻtib ketgan AstraZeneca vaksinasining yarim million dozasi Ukrainada uloqtirilgan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, punkt va emlash markazlaridan preparatning muddati oʻtgan dozalari olib qoʻyilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligida taʼkidlanganidek, hozirda mamlakatda AstraZeneca vaksinasining yuz minglab dozalari mavjud boʻlib, ularning amal qilish muddati bir necha hafta ichida tugaydi. Ushbu dori vositalari birinchi va ikkinchi dozalarda qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring